16 Mart 2021 yil 624

Xizmat avtoulovlari tantanali topshirildi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 aprel kunidagi "2020-2022 yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 222-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Denov tumaniga xizmat ko'rsatuvchi Surxondaryo viloyati IIB PPX va JTSB PPX bataloni birinchi- ikkinchi otryadlariga hamda Denov tumanida xizmat olib borayotgan patrul-post xizmati 3 otryadi xodimlariga hamda Denov tumani bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlariga xizmatda foydalinishi uchun 10 (o'n) dona "NEXIA-3" rusumli avtomobillar O'zbekiston Respublikasi Iсhki ishlar vaziri o'rinbosari general mayor B.Mirzaraximov, Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i polkovnik A.Ismoilov, Surxondaryo viloyati IIB PPX va JTSB boshlig'i podpolkovnik Sh.Sattorov, boshqarma PPX va JTSB patrul-post xizmati bataloni komandiri podpolkovnik Sh.Suvonqulov hamda Denov tumani bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik E.Nurullaevlar tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Ichki ishlar xodimlari xizmatda foydalanishi uchun topshirilgan mazkur xizmat avtoulovlari kelajakda, Denov tumani hududida jinoyatni jilovlash va uning barvaqt oldini olish bilan birga xodimlarning ishchanligini oshirishga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech