22 Avgust 2021 yil 491

Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o'tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi ma'muriy binosi va atrofi boshqarma shaxsiy tarkibi tomonidan har xil yovvoyi o't-o'lan va chiqindilardan tozalanib, manzarali daraxtlarga shakllar berilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, yurtimiz bo'ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlash maqsadiga qaratilgan "mahallalarni obodonlashtirish" oyligi doirasida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan xush kayfiyatda o'tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech