26 Mart 2021 yil 716

Xavfsiz turizm ortidan maroqli sayohat

Ichki turizmni rivojlantirish bu mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bugina emas, balki fuqarolarimizga ajoyib sayohat zavqini tuyishdek imkoniyatni ham hadya qiladi. Shu bois, yurtimizda ushbu yo'nalishni rivojlantirish maqsadida qator sharoitlar yaratilmoqdaki, bu borada Surxondaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi ham o'z tashabbuslari bilan chiqmoqda.
Qanday tashabbus deysiz-mi? Ya'ni, boshqarma xodimlari yurtimizning turli muqaddas qadamjolarini ziyorat qilmoqchi bo'lgan sayohatchilarni manzillariga xavfsiz, tartibni saqlagan holda kuzatib borishmoqda.
Joriy yilning mart oyida yoshlar ongida tarixiy obidalar orqali ularning o'tmish bilan yuzlashishlari, dunyoqarashlarini kengaytirishlari uchun Muzrabot tumanidagi 14-sonli, 17-sonli, Qumqo'rg'on tumanidagi 14-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Denov tumanidagi 81-sonli va Termiz shahridagi 24 - sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'qituvchi va o'quvchilarini iborat sayohat qilish istagidagilarni Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi tarixiy qadamjolarga borib-kelishlarida boshqarma xodimi biriktirildi. Xodim o'quvchi va o'qituvchilarning jamoat tartibiga rioya qilishlarini muntazam nazorat ostiga olishdi.
Albatta, ichki ishlar xodimlarining nazorati ostida sayohatga otlangan farzandini ota-onalar ham ko'ngillari taskin topgan holda sayohatga kuzatishadi. Harholda, mas'uliyatni o'z zimmasiga olgan organ xodimlari har qanday vaziyatda ham ularga javobgar bo'lgan holda, xavfsizlikni ta'minlash uchun bor imkoniyatlarini safarbar etishadi.
Respublikamiz hududida ichki turizmni rivojlantirish hamda ajdodlarimizning bizgacha qoldirgan merosimizni, qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni, mo'jizakor buyuk bunyodkorlik ishlaridan bahramand bo'lish istagidagi vohadoshlarimizning istaklarini amalga oshirish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Surxondaryo viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi

Text to speech