Xavfsiz turizm: karantin qoidalariga to'liq amal qilgan holda
O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2021 yil 19 mart kunidagi "O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha" Respublika maxsus komissiyasining 67-sonli yig'ilish bayoni hamda ichki ishlar vazirining 2021 yil 27 mart kunidagi "aholi o'rtasida koronavirus infektsiyasiga chalinish holatlarining oldini olish va sanitariya-epidemologik barqarorlikni ta'minlashga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 3 aprel kuni Surxandaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan "Termiz arxeologiya muzeyi"ga tashrif buyurgan har bir mahalliy mehmonlarga viloyatimiz turistik salohiyatiga ega joylari xaqida ma'lumot berishlari bilan birga, karantin qoidalariga qat'iy amal qilish talablari qo'yilib, jamoat joylarida va namoyish ob'ektlariga tashrif buyurganlarida albatta antiseptik vositalardan foydalanishlari, tibbiy niqobda bo'lishlari to'g'risida ta'kidlab o'tilmoqda.
Shuningdek, xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi ish faoliyati hamda ishonch telefonlari aks ettirilgan bukletlar mehmonlarga taqdim qilinib kelinmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi