6 Aprel 2020 yil 765

Xalqimiz tinchligi va sog'ligini asrash yo'lida...

Joriy yilning 30 mart kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqaramasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari polkovnik Sh.Bo'ronov boshchiligida uzun tumani ichki ishlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik M.Ishkaraev hamda ichki ishlar organlari tomonidan uzun tumanining "Fayzova" mahallasida yashovchi kam ta'minlangan oilalarning turmush tarzi va yashash sharoiti o'rganildi.
"Fayzova" mahallasi hududida faoliyat olib borayotgan savdo do'konlaridagi narx-navolar, dorixonalarda aholi uchun yaratilgan qulayliklar hamda dori darmonlarga bo'lgan ehtiyojlar o'rganilib, aniqlangan muammolarning echimi bo'yicha aniq chora tadbirlar belgilab olindi.
Tashrif davomida, dunyo bo'ylab keng tarqalib borayotgan koronavirus pandemiyasi va unga qarshi kurashish, bu kasallikning oldini olish maqsadida, e'lon qilingan karantin qoidalariga va belgilangan cheklovlarga qat'iy rioya etishlari hamda jamoat joylarida niqoblarni taqib yurishlari, maqsadsiz uyidan chiqmasliklari borasida tushuntirish ishlari olib borilib, 15 ta kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ro'zg'or uchun kerakli bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishdi.
Aholi uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini sun'iy oshirilishining oldini olish maqsadida 5 tonna un hamda 1 tonna kartoshka maxsulotlari olib borilib, 50 kilogrammdan bo'lgan bir qop unning narxi 139.000 (bir yuz o'ttiz to'qqiz) ming so'mdan, 1 kg kartoshka 3500 (uch ming besh yuz) so'mdan sotilishi qat'iy qilib belgilandi.
Jahon ahlini tashvishga solib, dunyo bo'ylab keng tarqalib borayotgan koronavirus pandemiyasi va unga qarshi kurashish, bu kasallikning oldini olish maqsadida, e'lon qilingan karantin qoidalariga va belgilangan cheklovlarga qat'iy rioya etishlari hamda jamoat joylarida niqoblarni taqib yurishlari, maqsadsiz uyidan chiqmasliklari borasidagi tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech