17 Aprel 2021 yil 564

Xalq qabulxonasida xalq bilan uchrashuv...

2021 yil 15 aprel kuni Qumqo'rg'on tumani IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari N.Narzullaev rahbarligida Qumqo'rg'on tumani "Xalq qabulxonasi"da sayyor qabul o'tkazildi. Mazkur qabulda 15 ta murojaat qabul qilinib, shundan 3 ta murojaat joyida xal etildi. Jumladan, Omonov Abduvoxid 1 dona gaz balon olishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati ijobiy hal etildi. Shuningdek, muddat talab qilinadigan murojaatlar tuman IIB boshlig'i tomonidan nazoratga olindi.
Shu kunning o'zida, 3-sektor rahbari N.Narzullaev va tuman Xalq qabulxonasi boshlig'i R.To'xtaev bilan birgalikda tumandagi 59-sonli o'rta ta'lim maktabiga borilib, u erda maktab o'quvchilari bilan suhbat uyushtirildi. Suhbat asnosida, o'quvchilarning ta'lim maktabida o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to'g'risidagi fiklari bilan qiziqdi. Maktabda dars jarayonlaridan so'ng qo'shimcha fan to'garaklari tashkil etish borasida masullarga ko'rsatmalar berildi.


Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech