Voyaga etmaganlar yovvoyi tabiat va hayvonot olamiga sayohat qilishdi
Joriy yilning 13 avgust kuni Surxondaryo viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 3 avgust kunidagi 490-sonli qarori ijrosini taminlash hamda markazda saqlanayotgan 7 nafar voyaga etmaganlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, ularning madaniy hordiq chiqarishlarini ta'minlash maqsadida, Termiz shahridagi "hayvonot bog'i"ga olib borilib, bolalar uchun sayohat uyushtirildi.
Tashkil etilgan sayr-u sayohat davomida, markazda saqlanayotgan bolajonlarni "hayvonot bog'i"da mavjud bo'lgan yovvoyi tabiat hamda yovvoyi hayvonot olami bilan yaqindan tanishtirib, ularning madaniy hordiq chiqarishiga, ko'nglida quvonch va ertangi kelajak hayotga bo'lgan ishonchini yanada oshirish yo'lida o'z xizmat burchiga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan, voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazi katta tarbiyachisi katta serjant S.Safarova hamrohlik qildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati