Voleybol bo‘yicha "Vazir kubogi" uchun guruh bahslari boshlandi
Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari o‘rtasida “Mustahkam oila – armiya tayanchi” shiori ostida Ichki ishlar organlari xodim va xodimalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha ”Vazir kubogi” musobaqasining guruh bosqichiga start berildi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan Surxondaryo viloyati
IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shodiev Sherzod Fayzullaevich mamlakatimizda
aholi o‘rtasida sportni ommalashtirish, fuqarolarni sog‘lom turmush tarziga rioya
qilishlari uchun yaratilayotgan sharoitlarni e’tirof etib, bu kabi musobaqalar xodimlarning
jismoniy va jangovar shayligini oshirish bilan birga ularning sportga bo‘lgan qiziqishi
oshishiga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, musobaqada ishtirok
etayotgan barcha jamoalarga bo‘lajak bahslarda omad tiladi.
Ichki ishlar organlari xodim va xodimalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasining guruh bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, IIV Akademiyasi, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari IIB terma jamoalari o‘rtasida respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.