15 Iyun 2023 yil 546

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi psixologi tomonidan Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlar bilan o‘tkazilgan psixodiagnostik va psixoprofilaktik ishlar hamda ularning ruxiy salomatligini o‘rganish

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil  30 mart kunidagi  “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muxitni yaratish mexanizimlarini belgilash to‘g‘risidagi 10/3/05QQ-sonli qo‘shma Qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo  viloyati IIB JXX HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi psixologi tomonidan Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlar bilan o‘tkazilgan psixodiagnostik va psixoprofilaktik ishlar hamda ularning ruxiy salomatligini o‘rganish maqsadida olib borilgan ishlar natijasiga ko‘ra  markazga qabul qilingan va saqlanayotgan har bir voyaga yetmaganlar bilan alohida individual psixologik metodikalar, suhbatlar olib borilib ularning ruhiy holatlari o‘rganildi.

    Shu jumladan psixodiagnostika natijalariga ko‘ra psixologik konsultatsiyalar berildi. Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlarning ota-onalari chaqirtirilib,  oilasining ijtimoiy ahvoli o‘rganilib, oiladagi bir-biriga bo‘lgan  munosabatlarning  qanchalik sog‘lom ekanligi, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi ma’suliyati ularning qadriyatlar tizimi chuqur o‘rganilib tushuntirish ishlari olib borildi. Vazirlar Maxkamasining 490-sonli  Qaroriga asosan markazga saqlangan har bir voyaga yetmaganning bir yil davomida u bilan doimiy ravishda nazoratda bo‘lishi va manitoring qilinishi belgilanib qo‘yilganligi sababli, “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi”gasaqlangan, voyaga yetmaganlarni xavfsiz muxitni yaratish mexanizmlarini joriy etish maqsadida, mahalla faollari hamkorligida voyaga yetmaganning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ota-onalariga nisbatan, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning o‘zlariga nisbatan xulosalar taqdim etilib joylarga chiqilib  mahalla raisi, hotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi, hokim yordamchilari hamkorligida  voyaga yetmaganlarni doimiy ravishda nazorat qilib borilishida hamda ijtimoiy moslashuvida manitoringlar o‘tkazildi.

Text to speech