6 Iyun 2023 yil 423

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan bolalar ruhiy qo‘llab-quvvatlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 3 avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 490-sonli “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo  viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi psixologi tomonidan Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlar bilan o‘tkazilgan psixodiagnostik va psixoprofilaktik hamda ularning ruhiy salomatligini o‘rganish ishlari olib borilib, psixodiagnostika natijalariga ko‘ra psixologik konsultatsiyalar berildi. Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlarning ota-onalari chaqirtirilib,  oilasining ijtimoiy ahvoli o‘rganilib, oiladagi bir-biriga bo‘lgan  munosabatlarning qanchalik sog‘lom ekanligi, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi ma’suliyati ularning qadriyatlar tizimi chuqur o‘rganilib tushuntirish ishlari olib borildi.

Markazga qabul qilingan har bir voyaga yetmagan bilan alohida-alohida individual suhbatlar o‘tkazilib, ular bilan psixotreninglar o‘tkazildi. Markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarni ruhiy qo‘llab quvatlash va ularga motivatsiya berish maqsadida qadimiy ziyoratgohlar, ko‘ngilochar dam olish maskanlariga  olib chiqilmoqda.

Text to speech