Voyaga yetmaganlar o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olishga qaratilgan psixologik uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi psixologi bilan hamkorlikda markazda tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlar bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga psixologik yordam berildi.
Bunda asosiy e’tibor mutaxassis-psixologlar tomonidan voyaga yetmaganlar o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olishga qaratildi.
Bu kabi chora-tadbirlar doimiy ravishda Surxondaryo viloyati IIBning mutaxassis psixologlari tomonidan, xodimlar bilan psixologik trening va uchrashuvlar ko‘rinishida tashkil qilinib, kerakli va zarur bo‘lgan tavsiya hamda yordamlar berib borilmoqda.