30 Avgust 2022 yil 427

Voyaga yetmaganlar bilan psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyruq talablari ijrosini ta’minlash borasida, Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis psixologlari tomonidan viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga qabul qilingan voyaga yetmaganlar orasidagi ijtimoiy-ruhiy muhit, voyaga yetmaganlarning atrof-muhitga va bo‘layotgan voqea hodisalarga bo‘lgan munosabatlarini aniqlash maqsadida, ular bilan "Shaxsiy rivojlanish" mavzusida psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.       

Bundan ko‘zlangan maqsad ularning atrof-muhit va insonlarga bo‘lgan ijobiy qarashlarini shakillantirish, ularni ruhiy qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishga ko‘maklashishdan iborat.

Text to speech