19 Avgust 2023 yil 315

Voyaga yetmaganlar bilan manzilli ishlash

Joriy yilning 17 avgust kuni Termiz tumani IIB ma’muriy binosida IIB JXX, tuman hokimligi va xalq ta’lim bo‘limi ma’sul xodimlari bilan hamkorlikda tuman hududida istiqomat qiluvchi voyaga yetmaganlar, ularning ota-onalari va murabbiylari  ishtirokida “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.  Qizg‘in va mazmunli o‘tgan davra suhbatida ota-onalar va ustoz murabbiylar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berib o‘z savollariga javob olishdi.

  Davra suhbatida mamlakatimizda so‘nggi yillarda o‘nib o‘sayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, ularning bilim olishlari, kelajakda mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan yotuk professional kadr bo‘lishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgani aytib o‘tildi.

   Suhbat davomida Muhtaram Prezidentimizning yoshlarga oid har bir masalani davlat siyosati darajasida ko‘rayotganini, yurtimizda voyaga yetmagan va yoshlarga oid 100 dan oshiq qonun va qonunosti normativ huquqiy hujjatlar qabul qilgani ham ularga yuqori darajadagi e’tibor ekanligini ham yig‘ilishda ta’kidlab o‘tildi.

Suxbat yakunida voyaga yetmaganlarning ota-onalari yurtimizda o‘nib o‘sayotgan yosh avlod uchun yaratib berilayotgan sharoitlar uchun Yurtboshimiz, hukumatimiz va barcha tashkilot rahbarlariga minnatdorchilik bildirishdi.

    Yig‘ilish so‘ngida tuman IIB inspektor-psixologlari va tuman hokimligi ma’sul xodimi tomonidan voyaga yetmaganlar ularning ota-onalari, ustoz murabbiylari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Chavandozlar maktabi”ga sayohatga borildi. Sayohat davomida voyaga yetmaganlar maktabda saqlanayotgan Germaniya, Shvesiya va boshqa davlatlardan olib kelingan zotdor otlarni kurishdi. Ular maktab murabbiylaridan saqlanayotgan otlar va chavandozlikka oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, savollariga javob olishdi.

Text to speech