8 Avgust 2022 yil 412

Voyaga yetmaganlar hamda ularning ota-onalari bilan psixoprofilaktik ishlar olib borilmoqda 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgust kunidagi “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 490-sonli qarori hamda Ichki ishlar vazirining tegishli buyruq talablari ijrosini ta’minlash borasida, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi mutaxassis-psixologi tomonidan Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlar orasidagi ijtimoiy-ruhiy muhit, voyaga yetmaganlarning atrof-muhitga va bo‘layotgan voqea hodisalarga bo‘lgan  munosabatlarini aniqlash maqsadida ular bilan psixodiagnostik ishlar olib borilib, olingan natijalar bo‘yicha voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, kerakli tavsiyalar berib o‘tilmoqda.        

Shuningdek, markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlarning ota-onalari taklif qilinib, ular bilan ham suhatlar tashkil etildi va ularning oilasining ijtimoiy ahvoli, oila a’zolarining bir-biriga bo‘lgan munosabatlari qay darajada ekanligi hamda muammolari o‘rganilib, ota-onalarga farzand tarbiyasidagi ma’suliyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Bundan tashqari markazga olib kelingan voyaga yetmaganlar bilan doimiy ravishda psixologik treninglar o‘tkazilib kelinmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad ularning atrof-muhit va insonlarga bo‘lgan ijobiy qarashlarini shakillantirish, ularni ruhiy qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishga ko‘maklashishdan iborat.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech