6 Aprel 2020 yil 841

Vohaning chekka qishloq joylaridagi ahvol o'rganildi

Joriy yilning 29 mart kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqaramasi boshlig'i polkovnik A.Ismoilov, boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari polkovnik Sh.Bo'ronov, uzun tumani hokimi B.Tursunov hamda uzun tumani ichki ishlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik M.Ishkaraevlar tomonidan uzun tumanining eng chekka hududida joylashgan mahallalarda yashovchi kam ta'minlangan oilalarning turmush tarzi va yashash sharoiti o'rganildi.
"Bobotog'", "Oqmachit", "Tolto'g'ay" hamda "Yangiobod" mahallalari hududida faoliyat olib borayotgan savdo do'konlaridagi narx-navolar, dorixonalarda aholi uchun qanday dori darmonlarga ehtiyoj borligi, tez-tibbiy yordam bo'limining hamd 76-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida yaratilgan shart-sharoitlar o'rganilib, aniqlangan muammo va kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish hamda oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojni to'la qondirish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
Mazkur hudud tuman markazidan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan bo'lib, aholi uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini sun'iy oshirilishining oldini olish maqsadida 15 tonna un hamda kartoshka maxsulotlari olib borilib bir qop un 139.000 (bir yuz o'ttiz to'qqiz) ming so'mdan, 1kg kartoshka 3500 (uch ming besh yuz) so'mdan sotilishi qat'iy qilib belgilandi.
Tashrif davomida, dunyo bo'ylab keng tarqalib borayotgan koronavirus pandemiyasi va unga qarshi kurashish, bu kasallikning oldini olish maqsadida, e'lon qilingan karantin qoidalariga va belgilangan cheklovlarga qat'iy rioya etishlari hamda jamoat joylarida niqoblarni taqib yurishlari, maqsadsiz uyidan chiqmasliklari borasida tushuntirish ishlari olib borilib, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ro'zg'or uchun kerakli bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech