12 Dekabr 2023 yil 674

“Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish muhim masala” mavzusida tadbir o‘tkazildi

Sherobod tumanida “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish  muhim masala” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

 

Sherobod tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida mutasaddi tashkilot vakillari, mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari, ota-onalar va voyaga yetmagan yoshlar ishtirok etishdi.

 

Tadbirda so‘z olgan soha vakillari voyaga yetmaganlar o‘rtasida turli jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqish hamda yoshlar bandligini ta’minlash muhimligini ta’kidlab o‘tishdi.

 

Text to speech