24 Avgust 2025 yil 30

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan bolalar “Hayvonot bog‘i”ga sayohar qilishdi.

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmagan bolalarni ta’til vaqtida bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida markaz xodimlari tomonidan voyaga yetmagan bolalar bilan bu galgi sayohat marshruti Termiz shahrida joylashgan “Hayvonot bog‘i”ga  bo‘ldi.

Hayvonot bog‘i mas’ul xodimlari tomonidan sayohat davomida bolalarga bu yerdagi hayvonlarning turlari, ularning qaysi davlatlarda ko‘proq uchrashi, ularning yashash tarzi va boshqa ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar bilan  o‘rtoqlashdi.

Mazkur tashkil hayvonot olamiga qilingan sayohat davomida, bolalar turli hayvonotlar to‘g‘risidagi qiziqarli ma’lumotga ega bo‘lish barobarida, bir olam zavq va shavqqa to‘lib, miriqib dam olishdi.

Text to speech