Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlar manzil kaloniyada bo‘lishdi
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan viloyatimizda “Dolzarb-90 kun” va “Har bir jinoyat jazosiz qolmas” shiori ostida Tarbiyaviy psixologik saviyasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish departamenti 4-mintaqaviy hudud 41-son manzil kaloniyasiga tashrif uyushtirildi.
Bu yerda jazo muddatini
o‘tayotgan mahkum va mahkumalarning kaloniyadagi hayoti bilan yaqindan tanishib,
ular bilan yaqindan suhbatlashishdi.
Kelajakda ezgu va to‘g‘ri kasb tanlashlari, jinoyat sodir etish va undan jabrlanib qolmasliklari haqida markaz psixologi kapitan Jo‘raeva Mohida, markaz tarbiyachisi serjant Shaxboz Jalolov va 41-son manzil kaloniyasi tarbiyaviy ishlar bo‘limi boshlig‘i kapitan Nodir Norovlar hamrohligida voyaga yetmaganlarga tushuntirish ishlari olib borilib, kelajakda hayot yo‘llarida adashib qolmasliklari yuzasidan tarbiyaviy psixologik tavsiya va maslahatlar berildi.