2 Sentyabr 2025 yil 403

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan bolalarning sakkiz nafari sport turlariga tayyorlash markaziga o‘qishga qabul qilindi.

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi ma’sul xodimlarining tashabbuslari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 3 avgust kunidagi “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘irisidagi chora-tadbirlari to‘g‘irisida”gi 490-sonli Qarorining 5 % miqdorida ajratilgan qo‘shimcha kvotalar asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 may kunidagi PQ-4342-son Qarori 3-bandining d) kichik bandi talablariga asosan viloyat hududida nazoratsiz-qarovsiz qolganligi sababli viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga tushgan bolalarning qiziqishlari va iqtidorlari o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning sakkiz nafari Termiz olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘qish istagini bildirganligi sababli, ular maxsus imtiyozlar orqali mazkur ta’lim dargohiga o‘qishga joylashtirilib yangi o‘quv yilini boshlashdi.

Text to speech