1 Iyun 2025 yil 719

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida, “O‘ksik qalblarga shodlik va quvonch ulashish” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsiligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlarga 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “O‘ksik qalblarga shodlik va quvonch ulashish” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Markazda saqlanayotgan voyaga yetmagan yoshlarga ko‘tarinki qayfiyat bag‘ishlash maqsadida mutassaddi tashkilotlar hamkorligida bayram tadbiri nishonlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi mudiri Baxrom Hakimov so‘zga chiqib bolalarni bayram bilan tabriklab, ularga markaz tomonidan tashkil etilgan sovg‘alar ulashildi. Bayram tadbirida voyaga yetmaganlar o‘zlarining sahna ko‘rinish va raqslarini bilan ishtirok etishdi.

Bayram tadbiri so‘ngida bolajonlarga bayram dasturxoni ulashildi.

Text to speech