3 Iyun 2025 yil 809

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida, “Hayot go‘zal” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsiligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, ular bilan Termiz davlat Universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti “umumiy psixologiya” yo‘nalishi o‘qituvchisi D.Murodullaeva hamda bituruvchi talabalari ishtirokida “Hayot go‘zal” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  

Bunda bolajonlar o‘zlarining hayotga bo‘lgan qiziqishlari orzu-umidlari va kelajakda o‘zlarining oldiga qo‘ygan maqsadlarini qay darajada ko‘ra olishlari haqida so‘zlab berishdi.

Suhbat davomida ular bilan bir qator metodikalar yordamida trening mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi. Metodikalar natijasiga ko‘ra pedagog va psixologlar tomonidan temperamentlari aniqlanib, bir qator tavsiya va maslahatlar  berildi.

Text to speech