Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish Markazida saqlanayotgan o‘g‘il-qizlar hamda xodimlarning tibbiy savodxonligini oshirish maqsadida, targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar
profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga
ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish Markazida
saqlanayotgan voyaga yetmaganlar va markaz xodimlarining tibbiy savodxonligini oshirish
maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 84-sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023 yil 20 yanvardagi PQ 14-sonli Qarorlari mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot
tadbiri o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbirida viloyat OITSga qarshi kurashish
markazi mutaxassisi R.U.Norquvvatov ishtirok etdi.
Mutaxassis o‘z ma’ruzasida shaxsiy va jamoat
gigienasi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli kasalliklarni aniqlash
va kasallikning oldini olish hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida erta tug‘ruqning
oldini olish, uning salbiy oqibatlari yuzasidan fikr va mulohazalar yuritdi.
Shuningdek, tadbir davomida OIV infeksiyasi
profilaktikasi mavzusida vediorolik namoyish etilib, axborot tarqatma materiallari
ham tarqatildi. Bundan tashqari hozirgi kunda dolzarb mavzuga aylangan OIV infeksiyasi
kelib chiqishi, yuqish yo‘llari, asoratlari va profilaktikasi to‘g‘risida to‘liq
ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir so‘ngida voyaga yetmaganlar
o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga
javoblar olishdi.