Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markazida seminar-trening tashkil etildi.
Kuni kecha Surxondaryo viloyati
IIB Jamoat xavfsiziligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga
yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markazida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi “Ijtimoiy himoya milliy agentligi” hamkorligida shahar-tuman
sho‘ba mudiri kotiblari, huquqshunoslar hamda psixologlar bilan hamkorlikda seminar-trening
tashkil etildi.
Ushbu seminar-treningda voyaga
yetmaganlarning taqdirini keyingi bosqichlarda og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan,
ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish, jamiyatga ijtimoiylashuvini ta’minlash va
ijtimoiy himoyaga muxtoj voyaga yetmaganlarni sonini kamaytirish hamda ularni nazoratga
olinishini, murabbiy biriktirilishi, doimiy nazoratda bo‘lishi, bandligini ta’minlash
maqsadi ko‘zda tutildi.
Shuningdek, voyaga yetmaganlarning
ota-onalari chaqirtirilib ular bilan ham profilaktik suhbatlar olib borildi.
Bundan tashqari ular bilan bir qatorda metodikalar yordamida
trening mashg‘ulotlari ham o‘tkazilmoqda.