5 Noyabr 2025 yil
182
Voyaga yetmaganlar markazida saqlanayotgan voyaga yetmagan bolalar uchun navbatdagi sayohat tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmagan bolalarni kuzgi ta’tili davomida vaqtlarini mazmunli va sifatli o‘tkazish maqsadida, hamda markaz ish reja grafigiga asosan, Termiz shahrida joylashgan Surxondaryo viloyati “Arxeologiya” muzeyiga sayohat tashkillashtirildi.
Tashkil etilgan sayohat davomida voyaga yetmagan bolalar o‘tmish tarixga sayohat qilishlari ortida viloyatimiz tarixini anglash va bu boradagi bilimlarini yanada mustahkamladi.