1 Avgust 2024 yil 474

Voyaga yetmaganlar markazida davra suhbati tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 3-avgust kunidagi 490-sonli Qaroriga asosan Surxondaryo viloyati xokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Xidirova hamda mutassadi tashkilotlar hamkorligida hozirgi kunda nazoratsiz va qarovsiz yurgan, voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va jinoyat qurboni bo‘lishini, erta tug‘ruqni oldini olish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida, Z.Xidirova so‘zga chiqib, hozirgi kunda voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida jinsiy zo‘ravonlikka uchrashining oldini olish, markazda  saqlanayotgan qizlarni shahar-tuman Xotin-qizlar faoliga murabbiylik asosida biriktirilib, doimiy ravishda nazoratga olinishi, markazdan ketganidan so‘ng kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida to‘garaklarga jalb etilishi haqida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Davra suxbat yakunida Sherabod tumani xotin-qizlar masalalari bo‘yicha xokim o‘rinbosari markazda saqlanayotgan Sherobod tumanidan qabul qilingan voyaga yetmagan qiz kelgusida o‘zini o‘zi band qilishi uchun turli taqinchoq va bezaklar yasash uchun kerak bo‘ladigan buyumlarni sovg‘a qildi.

Text to speech