29 May 2025 yil 895

Voyaga yetmaganlar bilan trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsiligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan Termiz davlat Univirsiteti ijtimoiy fanlar fakulteti “umumiy psixologiya” yo‘nalishi o‘qituvchisi D.Murodullaeva va talabalari bilan  hamkorlikda voyaga yetmaganning kelgusi hayotida o‘z o‘rnini topishi, tuzalish yo‘lini tanlashi, o‘zining oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida, oila a’zolari ota-onasi bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Shuningdek, voyaga yetmaganlar bilan bir qator metodikalar va trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Olingan metodikalar natijasida ularning temperamentlari aniqlanib, bir qator tavsiya va maslahatlar pedagog, psixologlar tomonidan berildi.

Text to speech