Voyaga etmagan yoshlar kelajagi yo‘lida...
Joriy yilning 24 iyun kunida O‘zbekiston
bolalar tashkiloti Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi hamkorligida Surxondaryo
viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktika boshqarmasi
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markazida saqlanayotgan
voyaga yetmagan yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
O‘tkazilgan suhbatda voyaga yetmagan
yoshlarning taklif va tashabbuslari ilgari surilib, o‘rganishlar natijasida, ularning
mustaqil hayot yo‘lida erishishi lozim bo‘lgan bir qator tavsiyalar berildi.
Mazkur yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni
oldini olish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va vatanimiz taraqqiyoti
yo‘lida xizmat qiladigan kadrlar bo‘lib yetishishlariga imkoniyat yaratish borasida
hamkorlikda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar belgilab olindi.