28 Iyun 2024 yil 367

Vohaning olis – chekka va chegara hududlarida istiqomat qiluvchi aholining murojaatlarini o‘rganish maqsadida “Sayyor qabul” o‘tkazildi.

Joriy yilning 26-27-iyun kunlari Surxondaryo viloyatining qo‘shni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan hududi Uzun tumanining tog‘li va chekka hududi bo‘lgan Bobotog‘da joylashgan “Bobotog‘”, “Oqmachit”, “Toltug‘ay” va “Yangiobod” mahallalarida viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining 2024 yil II-yarim yilligiga mo‘ljallangan rejasiga asosan, viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik X.Xalliev boshchiligida, boshqarmaning mas’ul xodimlari ishtirokida, ushbu hududda istiqomat qilib kelayotgan fuqarolarning sohaga oid muammolarini o‘rganish hamda aniqlangan muammolarini ijobiy hal qilish maqsadida “Sayyor qabul” o‘tkazildi.

O‘tkazilgan “Sayyor qabul” davomida 98 nafar fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar o‘rganildi.

Shulardan, 24 nafar fuqarolar tomonidan tuman xududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish masalasida murojaatlari qabul qilinib, ularga O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 13 martdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunining 6-19-moddalari talablari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tan olish va umumiy tartibda qabul qilish bo‘yicha tegishli hujjatlar topshirish tartiblari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, 71 nafar tuman markaziga borish imkoniyati bo‘lmagan keksa yoshdagi hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi to‘g‘risida”gi PF-6065-son farmoni talablari asosida belgilangan tartibda identifikatsiya ID-kartalar bilan rasmiylashtirib berildi.

Bundan tashqari, 2 nafar tuman hududida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tib yashab kelayotgan Tojikiston Respublikasi hamda 1 nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashga qolish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi 593-son qaroriga asosan respublikada vaqtincha va doimiy yashash tartiblari bo‘yicha profilaktik tushuntirishlar berildi.

Text to speech