14 Iyun 2024 yil 747

Vohaga tashrif buyurayotgan xorijlik hamda mahalliy sayyohlarning xavfsizligi ta’minlanmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari viloyatimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash bilan bir qatorda, sodir etilishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha turizm namoyishi ob’ektlarida va u yerda xizmat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni amalga oshirib kelishmoqda. 

Asrlar davomida xalqimizga xos mehr-oqibat, xayr-saxovat kabi ezgu umuminsoniy qadriyatlarni namoyon etib kelayotgan Qurbon hayiti” kuni va qo‘shimcha dam olish kunlarida turizm namoyishi ob’ektlariga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida  ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarda yaratilgan sharoitlar nazorat tartibida o‘rganilib chiqilmoqda.

Bunday tadbirlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad, viloyatga tashrif buyurayotgan xorijlik hamda mahalliy sayohlarning mazmunli dam olishini, madaniy xordiq chiqarishini, eng muhimi xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir.

Text to speech