23 Fevral 2021 yil 622

Viloyat IIB ishchi guruhi Qiziriqdagi "Xalqobod" mahallasida bo'lishdi

Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari A.S.Ismoilovning ishchi guruhi Qiziriq tuman 3-sektor hududidagi "Xalqobod" mahallasida ayollar va yoshlar daftari bo'yicha olib borilayotgan ishlarni o'rgandi.
"Xalqobod" mahallasida jami bo'lib 677 ta xonadonda 770 ta oila, 3577 nafar aholi yashaydi. Mahalladagi 18-30 yoshdagi yoshlar 784 nafarni, 30-55 yoshdagi ayollar 513 nafarni tashkil etadi. Shundan "Xalqobod" mahallasida yoshlar daftariga 92 nafar yosh, ayollar daftariga 24 nafar muammosi bor ayol kiritilgan.
Ishchi guruh tomonidan yoshlar va ayollar daftariga kiritilgan yoshlar va ayollarning xonadonlariga borib, muammolari o'rganildi. Ayrimlari yuzasidan ularga huquqiy tushunchalar, tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, viloyat ishchi guruhi va sektor rahbari yoshlar va ayollar bilan uchrashib, ularning muammolari o'rganilganda jami bo'lib 41 ta turli yo'nalishlarda murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlarning 12 tasi joyida hal etildi. Qolganlari bo'yicha mas'ul tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech