7 Fevral 2021 yil 668

Viloyat IIB boshlig'i Oltinsoy tumanida sayyor qabul o'tkazdi

Viloyat IIB boshlig'i polkovnik A.S.Ismoilovning Oltinsoy tumani "Chep" mahallasida bo'lib o'tgan sayyor qabulida ham ko'plab fuqarolarning murojaatlari hal bo'ldi.
Unda viloyat miqyosidagi barcha mutasaddi korxona va tashkilotlarning vakillari ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida 62 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 3 ta arzonlashtirilgan uy-joy olish bo'yicha, 21 tasi er ajratish bo'yicha, 12 ta imtiyozli kredit olish masalasida, 9 ta ish bilan ta'minlash masalasida, 2 ta moddiy yordam so'rab, shuningdek, 1 ta sog'lig'ini tiklash uchun, 1 ta nafaqa puli olish masalasida, 2 ta tadbirkorlik qilish uchun er ajratish masalasida, 3 ta kasbga o'qish bo'yicha, 2 ta suyultirilgan gaz balloni so'rab, 1 ta elektr ta'minoti masalasida, 1 ta kadastr masalasida, 4 ta ichki yo'llarni toshlash masalasiga oid bo'ldi. Ularning 4 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolganlari esa nazoratga olindi.
Xususan, 1 nafar fuqaro ish bilan ta'minlandi, "Chep" mahallasida yashovchi Halima Boyqulova xonadonida odam soni ko'pligi bois, qo'shimcha yana 1 ta gaz balloni bilan ta'minlandi. Shu kunning o'zida "Zafarobod" ko'chasida 300 metr yo'lga tosh yotqizildi. Tumandagi "Xo'jaipok" sanatoriysida "Chep" mahallasida yashovchi 204 nafar fuqaro tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Bundan tashqari, moddiy yordam so'rab murojaat qilgan Mirjalol Xudoyberdiev, Gulimox Xurramova, Xalima Dobilova, Umida Omonturdievalar oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlandi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech