30 Mart 2021 yil 642

Viloyat 3-sektor rahbari tomonidan, aholining dard-tashvishlari o'rganilmoqda

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i 3-sektor rahbari A.S.Ismoilov Termiz shahri "Majnuntol" mahallasida istiqomat qiluvchi aholi bilan yuzma-yuz uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarini o'rgandi.
Tegishli davlat tashkilotlari mas'ul xodimlari bilan birgalikda "Mahallabay", "Fuqarobay" ishlarni tashkil qilish asnosida, har bir fuqaroning murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy hal qilish choralari Ko'rildi.
Mahallada istiqomat qilayotgan fuqarolarning "termir daftari"ga, "ayollar daftari"ga hamda "yoshlar daftari"ga kiritilganlar bilan ham uchrashib, ularga berilayotgan imkoniyat va ko'rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishdi. Aniqlangan mavjud kamchilliklar yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, mahalla hududida "Obod mahalla" dasturi doirasida olib borilayotgan ishlarni ham o'rganib, bu borada qilinishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar xususida tegishli ko'rsatmalar berib o'tdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech