4 Dekabr 2024 yil 539

Viloyatimiz bo‘ylab, "Dolzarb 40 kun" tadbiri doirasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Jumladan, kuni kecha Muzrabot tumani Fidokor MFYda joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda mahalla yetiligi, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi BBIB inspektor psixologi va ota-onalar ishtirok etishdi.

Majlisda mas’ullar tomonidan maktab o‘quvchilarining dars mashg‘ulotlariga to‘liq qatnashishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi. Inspektor psixolog huquqbuzarlik va jinoyatchilikning yoshlar orasida qanday sodir bo‘lishi mumkinligini, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha kerakli tushunchalarni berib o‘tdi.

Ota-onalar o‘z farzandlari bilan ko‘proq muloqot qilishi, ularning faoliyatini nazorat qilish va ijtimoiy muhitga ta’sir etadigan omillar haqida fikr almashdilar. Yig‘ilish yakunida huquqiy tarbiya va ogohlikni kuchaytirish bo‘yicha birgalikda ishlash va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olindi. Bu kabi tadbirar o‘quvchilarimizning xavfsizligi va kelajagi uchun muhim qadamlardan  biri bo‘lib xizmat qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Text to speech