Viloyat hududida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rganishlar olib borildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi va viloyat vetinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyat hududida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash va yetkazib berish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ushbu olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va joylardagi vaziyatni
o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi
Departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘lim
boshlig‘i va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining mas’ul
xodimlaridan iborat ishchi guruhi 2024 yil
24 dekabrdagi “Respublikamizning
barcha hududlarida 2025 yildan veterinariya, veterinariya-sanitariya oziq-ovqat
xavfsizligi, epizootiya holatini barqaror ta’minlash borasida olib borilayotgan
ishlar holatini o‘rganish va tashkiliy chora-tadbirlarga
uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha” qo‘shma topshiriq rejasiga asosan Surxondaryo
viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin
tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi faoliyatini o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish
ishlarini olib borishdi.
O‘rganish davomida Jarqo‘rg‘on tumanidagi “FAYZ BARAKA CHARM” MChJga qarashli qushxona hamda “Jayxun chorva naslchilik
klasteri”MChJ fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishildi.
Shundan so‘ng viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida soha vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.