Viloyat IIBda Yangi yil bayrami oldidan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi
Viloyat IIB boshlig‘ining
2023 yil 25 dekabr kunidagi “Ichki ishlar organlarida Yangi yil bayramiga tayyorgarlik
ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi 107-son farmoyishining ijrosini
ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati
ham ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar va ishchi xizmatchilar
uchun bayram oldidan arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkasini tashkil qildi.
Viloyat IIB hovlisida tashkil etilgan yarmarka rastalarida sifatli va arzonlashtirilgan
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, un, yog‘, shakar, poliz mahsulotlari, meva-sabzavotlar,
turli yaxna ichimliklar, baliq, mol, qo‘y va tovuq go‘shti, tuxum va boshqa turdagi
mahsulotlar o‘rin oldi.
E’tiborlisi shundaki,
boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga asosan, ushbu arzonlashtirilgan yarmarkada,
xodimlar va ishchi xizmatchilar uchun kartoshka, baliq hamda guruch mahsulotlari
mutlaqo bepul tarqatildi.
Arzonlashtirilgan
savdo yarmarkalari viloyatning barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida ham
tashkil etilmoqda.