16 Oktyabr 2023 yil 988

Viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatida ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kadrlar bilan ta’minlash hamda jismoniy va jangovar tayyorgarlik yo‘nalishlarida joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

         2023 yil 14 oktabr kuni Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadievning huzurida 2023 yilning 9 oyi davomida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatida ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kadrlar bilan ta’minlash hamda jismoniy va jangovar tayyorgarlik yo‘nalishlarida viloyat IIB sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman IIB boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Muhokamada boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev so‘zida shahar-tuman IIB boshliqlarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarining faoliyati qattiq tanqid ostiga olinib, joylarda o‘rnatilgan ichki tartib qoidalarga rioya qilish masalasida ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kadrlar bilan ta’minlash hamda jismoniy va jangovar tayyorgarlik yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Shuningdek, xizmat intizomi buzilishi hamda qonunchilikga rioya qilish masalasida bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan shahar-tuman IIB mas’ul rahbarlariga nisbatan idoraviy xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi belgilandi.

           Shuningdek, respublika bo‘yicha xodimlar tomonidan  xizmat vaqtida va xizmat kiyimida spirtli ichimliklar iste’mol qilmasliklari, noqonuniy avtomashina boshqarmasliklari, internet tarmog‘i orqali tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda ishtirok etmasliklari, yengil tabiatli  ayollar bilan ishqiy munosabatlarga, boshqalar bilan qarz, oldi-berdisiga kirishmasliklari, xodimlarning qanday muammolari bo‘lsa rahbarlariga yoki viloyat rahbariyatiga ma’lum qilishlari, ular tomonidan yordam berilishi, xizmat va shaxsiy kompyuterlarida maxfiy hujjatlarni saqlamasliklari, fuqarolarning murojaatlari yuzasidan to‘plangan ma’muriy hujjatlarni asossiz ravishda olib yurmasliklarini ta’kidlab o‘tildi.

Text to speech