28 Iyun 2024 yil 254

Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash borshqarmasi xodimlari tomonidan sayyohlar xavfsizligini ta’minlash bilan bir qatorda turizm namoyishi ob’ektlarining ham xavfsizligi o‘rganilmoqda

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat hududiga jami 81 ta xorijiy mamlakatlardan 8 ming nafardan ortiq xorijiy va 50 mingga yaqin mahalliy sayyohlar tashrif buyurishgan bo‘lib, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu sayyohlarning xavfsizligi ta’minlanishi bilan bir qatorda ushbu ob’ektlar tarixi, ulug‘ ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan hissalari, ko‘hna va qadimiy qadamjoda mangu qo‘nim topgan tabarruk zotlarning kelajak avlod uchun qoldirgan dunyoviy va diniy ta’limot yo‘nalishlaridagi buyuk ishlari bilan ham yaqindan tanishtirilib kelminmoqda.

Shuningdek, sayyohlar tashrif buyuradigan turizm namoyishi ob’ektlari, mehmonxona, sog‘lomlashtirish markazlari va ovqatlanish joylarida sodir etilishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida, ushbu ob’ektlar xavfsizligi doimiy ravishda o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilot korxonalarga taklif va taqdimnomalar kiritib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlarning zamirida inson qadri, hayoti, sog‘ligi, xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Text to speech