Viloyat Ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilingan xodimlarning boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv yig‘ini yakunlandi
So‘nggi yillarda, ichki ishlar organlari uchun mutaxassislar
tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, xodimlarning malakasiga
qarab xizmat bo‘yicha o‘sishni ta’minlash, shuningdek, kuch va vositalarni
samarali boshqarishda rahbar kadrlarning intellektual va professional
salohiyatini yanada oshirish maqsadida ichki ishlar organlari uchun
professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy
etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida qarorlari qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrug‘i
hamda ko‘rsatmasi talablariga muvofiq, Surxondaryo viloyati ichki ishlar
organlarining ofitserlik va safdorlik lavozimlariga tanlov asosida xizmatga
qabul qilingan xodimlar bilan Janubiy-operativ qo‘mondonligi tasarrufiga
kiruvchi 11506-sonli harbiy qism o‘quv bazasida 2023-yilning 11-dekabr kunidan
2024-yilning 10-yanvar kuniga qadar boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv
mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlari davomida xodimlarning nafaqat nazariy
balki amaliy ko‘nikmalari ham oshirildi.
O‘quv yig‘inlarini samarali tashkil etish maqsadida, sohaviy xizmatlar,
boy amaliy tajriba va yuqori malakaga ega ilmiy-pedagog xodimlar hamda
mutaxassislar shuningdek, harbiy qismning malakali harbiy xizmatchilari jalb
etildi.
2024-yilning 10-yanvar kuni Vazirlik Malaka oshirish instituti hamda
viloyat Ichki ishlar boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan ofitserlik va
safdorlik lavozimlariga tanlov asosida xizmatga qabul qilingan xodimlardan
yakuniy sinov imtihonlari qabul qilindi. Dastlab, xodimlarning saf
tayyorgarligi bo‘yicha, so‘ng jangovar, kasbiy va yuridik tayyorgarlik bo‘yicha
bilimlari baholandi.
Mazkur imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarga belgilangan
namunadagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.