7 Yanvar 2023 yil 448

Viloyat kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati rekonstruksiya qilinadi

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi va joylardagi muammolarni o‘rganish maqsadida Sho‘rchi tumaniga tashrif buyurdi.

Davlat rahbarining nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorlari va bu borada belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat rahbari Sho‘rchi tumanidagi viloyat kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdi. Ushbu ixtisoslashtirilgan maktab-internati binosi 1956 yilda qurilgan bo‘lib, 220 o‘ringa mo‘ljallangan. Bugungi kunda maktab-internatida 426 nafar o‘quvchi taxsil olmoqda.

Bu yerda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sinf xonalari va yotoq joylarining holati ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga maktab-internatini qayta rekonstruksiya qilish, o‘quv xonalari va yotoqxonani zamonaviy jihozlash hamda bu yerda tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, mas’ullarga bu yerda tahsil olayotgan o‘quvchilarning katta hayotda o‘z yo‘llarini topishlarida ko‘maklashish, ularni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha yangicha tizim yaratish vazifalari yuklandi.

Text to speech