23 Mart 2020 yil 678

VILOYAT IIB YHXB TOMONIDAN DEZINFEKSIYA ISHLARI TASHKILLASHTIRILMOQDA.

Surxondaryo viloyati IIB YHXB va boshqa mutassadi tashkilotlari mas'ul xodimlari tomonidan viloyatning barcha avtoshohbekatlarida, jamoat transportlari ommaviy tarzda" koronavirus" pandemiyasining tarqalishining oldini olish uchun dezinfektsiya qilinmoqda.
YHXB mas'ul xodimlari yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi transport vositalari haydovchilariga maxsus tibbiy niqoblar tarqatishdi.
Bundan tashqari Termiz tumanida joylashgan Manguzar YPX maskani va viloyat IIB YHXB ma'muriy binosida ham har 4 soat oralig'ida dezinfektsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Text to speech