Viloyat IIB ishchi guruhi Qiziriq hamda Bandixon tumanlarida o‘rganish ishlarini olib borishdi
Joriy yilning 31 dekabr kuni viloyat hududida tashkil etilgan viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev boshchiligidagi ishchi guruh Qiziriq hamda Bandixon tumanlaridagi markaziy dehqon bozori hududida o‘tkazilayotgan “Yangi yil” savdo yarmarkasida tashkillashtirilgan go‘sht mahsulotlari, baliq, oziq-ovqat, meva-sabzavot mahsulotlarni arzonlashtirilgan narxlarda sotilayotganligi o‘rganib chiqildi.
Hududiy ichki ishlar, soliq idoralari, bozor ma’muriyati va boshqa mas’ul tashkilot rahbarlariga sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, bayram yarmarkalarida narx-navoni sun’iy ravishda oshirish holatlarini oldini olishga alohida e’tibor qaratilishi tushuntirildi.
Shuningdek, markaziy dehqon bozori hududida “Yangi yil” savdo yarmarkasida tuxum, meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarni arzonlashtirilgan narxlarda, sanitariya gigiena qoidalariga rioya qilgan holda sotilayotganligi ko‘zdan kechirildi.
Bundan tashqari, ishchi guruh tomonidan ichki ishlar organlari, Favqulodda vaziyatlar, Milliy gvardiya va boshqa davlat tashkilot va idoralari xodimlarining Yangi yil bayramini tinch osoyishta o‘tkazish, ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida olib borayotgan xizmat faoliyatlari, xizmat kiyiminining ozodaligi, xizmat guvohnomalarining mavjudligi ham o‘rganildi. O‘rganish davomida, fuqarolar bilan muloqotga kirishganda hushmuomalada bo‘lish yana bir bor ta’kidlandi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati