6 Mart 2023 yil 240

Viloyat Ichki ishlar organlarida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, manfaatlarini himoya qilish, Vatan taraqqiyoti va jamiyat hayotidagi o‘rnini kuchaytirish borasidagi ishlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan yurtimizda ayollarni asrab-avaylash, ularga hurmat ehtirom ko‘rsatish, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, oilalarning barqarorligini ta’minlashga doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda.

         O‘zbekitson Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 20-fevraldagi “Ichki ishlar organlarida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishining ijrosini ta’minlash hamda yuqoridagilarni inobatga olgan holda, joriy yilning 05 mart kuni viloyat ichki ishlar organlarida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramini yuqori saviyada o‘tkazildi.

         Tadbirda viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xodimalar, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari hamda IIO faxriylar taklif etilib bayram dasturxoni yozildi.

         Xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan xodimalar orasidan Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan xotin-qizlarning 1 nafari “A’lo xizmatlari uchun”, 5 nafariga “II va III darajali Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun ko‘krak nishoni”, 2 nafariga Ichki ishlar vazirining “Faxriy yorlig‘i” hamda 2 nafar xodimalari  Ichki ishlar vazirining “Esdalik qo‘l soat”lari bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari, viloyat IIB boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan barcha xodimalarga pul mukofoti hamda viloyat IIB birlashgan Kasaba uyushmasi kengashining esdalik sovg‘alari bayram tadbiriga tashrif buyurganlarga topshirildi

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech