Velosiped o'g'risiga jinoyat ishi qo'zg'atildi.
Termiz shahrida 2021 yilning 10 aprel kuni, shaharning "Surxon sohili" mahallasida yashovchi, S.Mamayusuf shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni taxminan soat 19.00 lar chamasida, shaharning "Guli Ra'no" mahallasida joylashgan oziq-ovqat do'koni yonidan 1.200.000 (bir million ikki yuz ming) so'mlik "STINGER" rusumli, velosipedini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini, Termiz shahrida yashovchi, N.Nosir o'zganing mulkini o'zlashtirish maqsadida sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 12 aprel kuni N.Nosirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati