Vazir o‘rinbosari Sho‘rchi va Sariosiyo tumanidagi "qizil" toifadagi mahallalarda jinoyatchilikni oldini olishga doir ishlarni o‘rgandi
Ichki ishlar vaziri
o‘rinbosari B.Mirzaraximov tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar Sho‘rchi tumanining
“qizil” toifadagi hududlarda davom ettirdi. Dastlab, tumandagi jinoyatchilik ahvolini
o‘rgandi va shunday toifadagi "Hayrobod” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla
beshligi bilan hududdagi kreminogen vaziyat to‘g‘risida suhbat olib bordi.
Shuningdek, mahalla
faollari, oqsoqol va jamoatchilik vakillari bilan hududda yosh avlod bilan ishlash
borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdi.
Keyingi manzil Sariosiyo
tumani bo‘ldi. Bu yerdagi “qizil” toifadagi “Sangardak” mahallasi faoliyatini o‘rganib,
profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishib,
mahalla binosi va profilaktika inspektorining xizmat xonalarini tekshirish davomida
tozalik va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Tashrif davomida,
ushbu mahalla hududida 20 sentabr kuni foydalanishga topshirilgan, 200 o‘ringa mo‘ljallangan
“Sangardak” sanatoriyasi faoliyati bilan ham tanishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati