Vazir o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov Surxondaryoda ichki ishlar faxriylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuxamedov Termiz
davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo viloyatidagi
ichki ishlar faxriylari bilan ochiq muloqot
tarzida uchrashuv o‘tkazdi.
O‘tkazilgan muloqotda Surxondaryo viloyati Ichki
ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov, viloyat ichki ishlar boshqarmasining
ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati, hududiy ichki ishlar
boshqarma va bo‘limlari boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari
ham ishtirok etgan yig‘ilishda vazir o‘rinbosari mamlakatimizda keksalarga, jumladan,
soha faxriylariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar haqida so‘z yuritdi.
Chunonchi, oktabr oyining boshida uyushtirilgan
“Keksalar haftaligi” doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda noyabr — keksalar
uchun turizm oyida davomida amalga oshiriladigan ishlar bilan tanishtirib o‘tdi.
Xuddi shunday, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va viloyatlar ichki ishlar organlari faxriylar kengashlarining faoliyati,
xususan, joriy qilingan ilg‘or tajribalar yuzasidan fikr almashildi.
O‘z navbatida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi faxriylar kengashi
mas’ullarining joriy yilning o‘tgan davriga oid hisoboti tinglandi. Shundan so‘ng
faxriylarning talab va takliflari eshitildi.
Ushbu jarayonda faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash,
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi
tibbiyot bo‘limi faoliyatini yanada yaxshilash, ajratiladigan dori-darmonlar miqdori
va sanatoriylarga yo‘llanmalarni ko‘paytirish kabi bir qator masalalar ko‘tarildi.
Shuningdek, ustoz va shogird an’anasini kuchaytirish,
faxriylarning hayotiy tajribasi va bilimlaridan ichki ishlar organlari va mahalla
fuqarolar yig‘inlari faoliyatida keng foydalanish, keksalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlar uyushtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida jamg‘arma tashkil qilish
bo‘yicha takliflar bildirildi.
Respublikada uch avlod maslahat kengashi yo‘lga
qo‘yilganligi, Xorazm, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida faxriylar uchun amaliy
ishlardan namuna olish, viloyatda faxriylar kengashining surxondaryo tajribasini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish taklifi berildi.
Tadbirda ishtirok etayotgan faxriylarning “Xotira
muqaddas” shiori ostida xizmat vaqtida mardlarcha halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining xotirasini abadiylashtirish
maqsadiga qaratilgan tadbirini o‘tkazish taklifi berilib surxondaryo tajribasi sifatida
joriy etilishi belgilab olindi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, Ichki ishlar vazirining
o‘rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuxamedov tomonidan bunday muloqotlarni respublikamizning
barcha hududlarida o‘tkazib kelmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborotxizmati.