Vazir o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryodagi o‘rganishlarini davom ettirmoqda
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari B.Yu.Mirzaraximov boshchiligidagi
ishchi guruh a’zolari kunning ikkinchi yarmida Surxondaryo viloyatidagi o‘rganish
ishlarini davom ettirib, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar
profilaktikasi boshqarmasi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish
markazida bo‘ldi.
Markazda voyaga yetmaganlar bilan samarali
ish olib borilayotgani va ularning ota-onalari bilan o‘tkazilayotgan profilaktik
suhbatlar bolalarni oila bag‘riga qaytarmoqda. Notinch va nizoli vaziyatlarga barham
berilib, farzandining taqdiriga befarq bo‘lgan ota-onalarga ham tegishli choralar
ko‘rilayotir. Ishchi guruh vakillari markaz xodimlari faoliyatini o‘rganib, ular
amalga oshirayotgan ishlarni tahlil qildi. Voyaga yetmaganlar uchun yaratilgan sharoitlar
ko‘zdan kechirildi. Voyaga yetmagan shaxslar
bilan suhbatlashdi. 24 o‘ringa mo‘ljallangan
markazda 8 nafar xodim va 5 nafar tarbiyachi xizmat olib bormoqda.
Vazir o‘rinbosari B.Yu.Mirzaraximov boshchiligidagi ishchi guruh Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya
ilmiy-amaliy tabbiyot markazi Surxondaryo viloyat filialida tashkil etilgan
alkogol mastlik holati bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish bo‘linmasi (xushyorxona)
faoliyati bilan ham atroflicha tanishdi. 22 o‘ringa mo‘ljallangan xushyorxonada
13 nafar tibbiyot xodimi xizmat ko‘rsatmoqda. Bino Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasining
qo‘riqloviga olingan.
O‘rganishlar chog‘ida shuningdek, Termiz tumani hududidagi
mahallalar ham ishchi guruh e’tiboridan chetda qolmadi. Tumanda 23 ta mahalla mavjud.
Ularning 9 tasi yoki 30 foizi “qizil”, 14 tasi yoki 46,7 foizi “sariq” va 7 tasi
yoki 23,3 foizi “yashil” toifaga ajratilgan. Jumladan, “Qizil” toifadagi “Soliobod”
mahallasi o‘rganilib, jinoyat va xuquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida
amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman sektor rahbarlari ishtirokida
mahalla fuqarolar yig‘ini beshligi bilan suhbatlashdi. Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni
jilovlash yuzasidan taklif hamda tavsiyalar bildirildi.
Ishchi guruhning o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Surxondaryo
viloyati IIB Axborot xizmati