29 Sentyabr 2023 yil 773

Vazir o‘rinbosari B.Mirzaraximov Denov tumanidagi "yashil" hamda "qizil" toifadagi hududlarni ko‘zdan kechirdi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari B.Mirzaraximov Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti rahbar xodimlari bilan uchrashdi. Unda hafta davomida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi dolzarb vazifalar muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlarni belgilandi.

Bundan tashqari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash sohasidagi hamda sohaviy xizmatlarining nazoratdagi hujjatlarini ko‘rib chiqdi.

Shundan so‘ng, o‘rganish ishlari Denov tumanida davom ettirildi. Asosan, tumandagi jinoyatchilik ahvoli hamda huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda tumandagi aynan qizil va sariq toifadagilarni yashil toifadagi hududga aylantirish choralari bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, vazir o‘rinbosari Denov tumani “Yangiariq” mahallasiga tashrif buyurib, profilaktika inspektori va mahalla faollari bilan jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha suhbat olib bordi. Suhbat jarayonida 8 oy davomida mahalla hududida birorta ham oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyat sodir etilmagani ma’lum bo‘ldi.

Jarayonda tumandagi “yashil” toifadagi “Zaxartepa” mahallasiga tashrif davomida mahalla beshligi  jinoyatlarning oldini olishda ko‘rsatgan xizmati uchun taqdirlanishdi. Bir yo‘la, profilaktika inspektorining xizmat uyida yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi.

Tashrif davomida, mahalla hududidagi yangi foydalanishga topshirilgan oilaviy poliklinikadagi  shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirildi.

Tumandagi  “Quyoshli yurt” mahallasidagi Monomarkaz hamda “Qorako‘z” mahallasidagi sport to‘garagi bugun hudud yoshlari bilan gavjum maskanga aylangan. Bu yerda yaratilgan qulayliklar ham e’tibordan chetda qolmadi.

Bir necha kun davomida olib borilgan shu kabi o‘rganish ishlari yakuniga yetdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech