8 Avgust 2022 yil 412

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida Ichki ishlar organlari xodimlari bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIVning farmoyishi asosida o‘tkazilayotgan "Vataparvarlik oyligi" doirasida, Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri  muloqotda bo‘ladigan hamda maxsus vositalar bilan xizmat olib boradigan xodimlarning xizmat faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat IIB Transportda XTB, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Patrul-post xizmati va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post batalonida xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat samaradorligini oshirish va shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shuningdek xodimlarning individual-psixologik hususiyatlarini o‘rganish maqsadida xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Bunda asosiy e’tibor Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida salbiy holatlar kelib chiqishining oldini olish, ularning salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shaxsiy tarkibning xizmat sharoitlarini yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda ko‘maklashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlarga qaratildi. 

Shuningdek, ular bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazilib kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech