“Vatanparvarlik oyligi” doirasida, ichki ishlar organlari xodimalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda
Surxondaryo viloyati IIBda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha ishlar tizimli olib borilmokda. Viloyat IIBning sohaviy xizmatlari shuningdek, Tibbiyot bo‘limi Xotin-qizlari bilan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida hamda "Halollik oliy ne’mat" mavzusida xizmat intizomini mustahkamlash borasida uchrashuvlar va yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda. Xodimalarga boshqarma kutubxona ish yurituvchisi Z.Annaqulova tomonidan boshqarmada tashkil etilgan kutubxonada mavjud 1000 dan ziyod badiiy adabiyotlardan xodimlardan tashqari ishchi xizmatchilar ham a’zo bo‘lishlari, bo‘sh vaqtlarida kitob mutolaa qilishlari tavsiya qilindi.
Uzoq yillardan buyon xizmat qilib kelayotgan shifokorlarga bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun badiiy adabiyotlar taqdim qilindi.
Boshqarma sohaviy xizmatlarda xizmat olib borayotgan xotin-qizlar bilan yakka tartibda suhbat tashkil qilinib, ularning xizmatdan bo‘sh vaqtlarida mutolaa qilayotgan kitoblarining mazmun-mohiyati hamda xizmat faoliyatlari haqida savol javoblar o‘tkazildi. Shu bilan birga xodimalarning ijtimoiy yashash sharoitlari ham o‘rganildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, xodimalarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, vatanga bo‘lgan mehr va muhabbatini oshirish, bilim saviyasini yanada mustahkamlab borish nazarda tutiladi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati