27 Avgust 2022 yil 420

“Vatanparvarlik” oyligi doirasida 9-son tergov hibsxonasi xodimlari uchun turli madaniy- ma’rifiy, sport va boshqa tadbirlar tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ–5050-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi” ijrosini ta’minlash hamda ichki ishlar organlari xodimlarini milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, vatanparvar, milliy qadriyatlarga sodiq barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ishlarini yanada kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi bayramini munosib kutib olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimida joriy yilning 1 avgustidan 1 sentabriga qadar “Vatanparvarlik oyligi” deb e’lon qilindi.

Mazkur oylik 9-son tergov hibsxonasida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, “Vatanparvarlik oyligi”ning dasturi hamda tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlangan.

9-son tergov hibsxonasi xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy salohiyati, umumiy dunyoqarashi, siyosiy ongi, ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, kasbiga nisbatan sadoqat va mas’uliyat hislarini mustahkamlash maqsadida Surxondaryo viloyati hududida joylashgan tarixiy qadamjolar, ziyoratgohlar, masjid va madrasalar, shuningdek, muzey va teatrlarga sayohatlar uyushtirilib, ichki ishlar organlari xodimlarini Vatan va uning himoyasi uchun munosib xizmat qilishga ruhan va jismonan tayyorgarlikni ta’minlash, jismoniy va ma’naviy qobiliyati, yetakchilik ko‘nikmalari va intellektual salohiyati, umumiy va professional malakasini oshirish, o‘z ustida muntazam ishlash, sog‘lom hayot kechirish tarziga rioya qilish borasidagi ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek hibsxona xodimlari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida, kutubxona tashkil etilgan bo‘lib, mazkur kutubxonada O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan xodimlar o‘qishlari uchun tasdiqlangan 39 turdagi kitoblar jamlangan, shuningdek, “Vatanparvarlik” oyligi doirasida hibsxonada “Kitoblar yarmarkasi” tashkil etilib, xodimlar tomonidan mahalliy va jahon adabiyoti durdona asarlari xarid qilishlariga sharoitlar yaratildi.

  Shuningdek, hibsxona xodimlarining jangovar va jismoniy shayligini oshirish, ichki ishlar organlari xodimlarini har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, ma’naviyatli, fidoyi, ajdodlarimiz va mardlik ko‘rsatib halok bo‘lgan xodimlarning bebaho merosiga tayanib yashaydigan qilib, tarbiyalash maqsadidaVatanparvarlik burchagitashkil etildi, shuningdek, xodimlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ular qalbida davlat va xalqimizning xavfsizligini ta’minlashda shaxsiy daxldorlik hamda mas’uliyatini oshirish maqsadida saf ko‘rigi, saf tayyorgarligi va o‘q otish mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Text to speech